Koreya Respublikasidan kelgan delegatsiya UZINFOCOMga tashrif buyurdi
UZINFOCOM Cheongju universitetining olti nafar a’zosidan iborat delegatsiyani kutib oldi. Delegatsiya tarkibiga universitetning vitse-prezidenti, Sun’iy intellekt dasturiy ta’minoti bo‘limi professori Sungwoong Hong hamda Biotibbiyot laboratoriya fanlari bo‘limi professori Jinhui Kim ham kirgan.

Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari UZINFOCOM’ning asosiy loyihalari va raqamli tashabbuslari bilan tanishdilar. Ular, ayniqsa, raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarga, xususan, MyID platformasi va elektron hukumat yechimlariga alohida qiziqish bildirdilar.
Mehmonlar, shuningdek, ko‘rgazma zalida bo‘lib, u yerda MyID Palm biometrik qurilmasining ishlash jarayonini kuzatdilar. Delegatsiya a’zolari ushbu texnologik innovatsiyani yuqori baholab, uning turli sohalarda keng miqyosda qo‘llanilishi uchun katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.