GBS Forum 2025 ishtirokchilari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi
Toshkentda Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan Global Business Services Forum 2025 doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan forum ishtirokchilari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga UZINFOCOM’ning asosiy loyihalari — elektron hukumat yechimlaridan tortib, ilg‘or sun’iy intellekt tashabbuslarigacha tanishtirildi. Ular kompaniyaning raqamli infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib, raqamlashtirish bo‘yicha amaliy misollarni ko‘rib chiqdilar hamda O‘zbekistonda IT sohasining keng qamrovli rivojlanish rejalari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

