UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM va Janubiy Koreyaning PROTOTIE Co., Ltd. kompaniyasi distribyutorlik shartnomasini imzolab, O‘zbekiston raqamli yechimlarini Janubiy Koreyada birgalikda sotish uchun yo‘l ochdi.

Boshlang‘ich qatorda MyID Vision biometrik platformasi (KYC va jonlilikni aniqlash), DMED tibbiyot ekotizimi (elektron tibbiy karta va elektron retseptlar), agrobiznes uchun Agroplatform tarmoq majmuasi hamda mehmonlarni onlayn bron qilish va kuzatish imkoniyatiga ega E-TOURISM sayyohlik tizimi mavjud.

24.07.2025

UZINFOCOM va Janubiy Koreyaning PROTOTIE Co., Ltd. kompaniyasi distribyutorlik shartnomasini imzolab, O‘zbekiston raqamli yechimlarini Janubiy Koreyada birgalikda sotish uchun yo‘l ochdi.

Kelishuv UZINFOCOMning GovTech, FinTech va e-Health yechimlarining global ta’minotchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi va Koreya kompaniyalariga tayyor xizmatlardan tez foydalanish imkonini beradi.

 

Baxtiyor Rizayev, UZINFOCOM:


«Yechimlarimizni Koreya bozorida taqdim etayotganimizdan mamnunmiz va ular mamlakatning raqamli o‘zgarishiga sezilarli hissa qo‘shishiga ishonamiz».

 

Seung Hyun Park, PROTOTIE:


«Mijozlarimizga yangi, sinovdan o‘tgan yechimlar zarur. UZINFOCOM mahsulotlari ularga yanada tezroq rivojlanishga yordam beradigan innovatsion turtki beradi».