UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Muxlisa AI endi my.gov.uz portalida — qanchalik qulay bo‘lganini tekshirib ko‘ring!

Endi davlat xizmatlarini izlash va olish yanada osonlashdi. Yagona my.gov.uz portalida o‘zbek tilini tushunadigan Muxlisa AI ovozli yordamchisi ishga tushirildi. U quyidagilarni bajara oladi:

28.07.2025

Muxlisa AI endi my.gov.uz portalida — qanchalik qulay bo‘lganini tekshirib ko‘ring!
  • Savollarga 24/7 javob berish — shunchaki ayting yoki yozing, Muxlisa kerakli ma’lumotni aytib beradi.
  • Portal bo‘ylab harakatlanishda yordam berish — ariza qayerga topshiriladi? qanday hujjatlar kerak? qayerga bosish lozim?
  • Matnni ovozli o‘qish va nutqni tanib olish — o‘qish yoki yozishda qiynaladiganlar uchun qulay.
  • Vaqtni tejash — kamroq bosish, ko‘proq natija.
     

Misollar:
— "ID-karta qanday rasmiylashtiriladi?"
— "Yoshlarga subsidiyani qayerdan olsa bo‘ladi?"
— "YaTTni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchiman"

Muxlisa bir zumda ovozli yoki matnli javob beradi!