UZINFOCOM Europe Toshkentda: GBS Forum 2025 doirasida ishchi uchrashuv.
UZINFOCOM Europe’ning Rigadagi (Latviya) filiali rahbariyati GBS Forum 2025’da ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.

Forum Markaziy Osiyoda IT-autsorsing va raqamli yechimlar istiqbollarini muhokama qilish maqsadida xalqaro kompaniyalar vakillari, investorlar va global biznes xizmatlari sohasidagi mutaxassislarni bir joyga to‘pladi.
UZINFOCOM Europe vakillari Toshkent jamoasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazib, unda Yevropa mintaqasida UZINFOCOM IT-autsorsingini kengaytirish bo‘yicha joriy loyihalarni, xususan, dasturchilar jamoasini kengaytirish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish masalalarini muhokama qildilar.