UZINFOCOM - ishonchli IT hamkor
UZINFOCOM Europe IT Park vakillari bilan birgalikda IT xizmatlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi.

Asosiy e’tibor xalqaro loyihalarda ishtirok etishga jalb qilish, shuningdek, Latviyada ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan biznes tadbirlarini o‘tkazishga qaratildi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar UZINFOCOMning ishonchli IT-autsorsing yetkazib beruvchisi sifatidagi obro‘sini mustahkamlash va mahalliy IT sohasining jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan.