UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

ESG: Faqat hisobot emas, balki qadriyatlar va kelajakka yondashuv!

2025 yilning dastlabki 6 oyida UZINFOCOM o‘sishda va foydali loyihalarni amalga oshirishda davom etdi — o‘z jamoasi, jamiyat va butun mamlakat uchun.

07.08.2025

ESG: Faqat hisobot emas, balki qadriyatlar va kelajakka yondashuv!

 E — Environmental (Ekologiya)

— Ofis energiyasining 10% — quyosh panellaridan
— 95% hujjatlar elektron shaklda. Qog‘oz? Yo‘q, bizda bu keraksiz
— 2000+ mevali daraxt ekildi
— “Suv Hisobi” — suv sarfini aniq boshqarish uchun yangi tizim

 

 

S — Social (Ijtimoiy mas'uliyat)

— Xodimlar va talabalar uchun: magistratura, kurslar, amaliyot, master-klasslar
— Ta’lim loyihalari: IT Village, ZiyoNET, Ustudy
— DMED — milliy tibbiy tizim, 3800+ muassasada joriy etilgan
— Gender tengligi, jamoaga g‘amxo‘rlik, bir jamoa bo‘lish — bu bizning amaliy qadriyatlarimiz
— Turnirlar, sayohatlar, donorlik, birdamlik — biz birgamiz

 

 

G — Governance (Texnologiyalar va boshqaruv)

— Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi — ustuvor yo‘nalish
— My.gov.uz jamoasining bir qismi sifatida — davlat xizmatlarini raqamlashtirishda faol ishtirok etamiz
— Ijtimoiy foyda keltiruvchi aqlli yechimlarni joriy etamiz

 

 

Bizning ESG hisobotimiz – bu shunchaki hisobot emas, bu biz kimligimizning aksidir.

Batafsil bu yerda tanishing.