AT sohasidagi HR: faqat ishga qabul qilish haqida emas
"HR" so‘zi tilga olinganda, ko‘pchilik darhol rezyume, suhbat va mehnat shartnomalari haqida o‘ylaydi. Ammo IT sohasida bu tushuncha ancha keng. UZINFOCOMda HR - bu oddiy rekruterlar emas, balki haqiqiy "jamoa me’morlari"dir.

IT sohasida HR xodimlari ishga olishdan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
1. Yangi xodimlarni moslashtirish
Birinchi ish kuni stressli bo‘lmasligi uchun HR xodimlari jarayonlarni tushuntirib, kimdan yordam so‘rash mumkinligini ko‘rsatib beradi.
2. Ta’lim va rivojlanish
Texnologiyalar tez o‘zgarib turadi, shuning uchun HR xodimlari jamoa a’zolarining ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazorat qiladi. Treninglar va kurslarni tashkil etadi.
3. Korporativ madaniyat
Ishlashga ishtiyoq uyg‘otadigan muhitni yaratadi. Bu jamoaviy tadbirlar va umumiy qadriyatlarni o‘z ichiga oladi.
4. Qo‘llab-quvvatlash va fikr-mulohaza
IT sohasidagi HR - bu savol yoki muammo bilan murojaat qilish mumkin bo‘lgan xodimlardir. Ular yechim topishga va sog‘lom ish muhitini saqlashga ko‘maklashadi.
5. Tahlil va strategiya
Ular bozorning o‘zgarishlarini kuzatib boradi, kelajakda qanday mutaxassislar kerak bo‘lishini bashorat qiladi va kompaniyani kelajakdagi vazifalarni bajarishga tayyorlashga yordam beradi.
IT sohasida hamma narsa texnologiyalar atrofida aylanadi, biroq texnologiyalarni odamlar yaratadi. HR esa ana shu odamlarga birgalikda ishlashda, o‘sishda va natijaga erishishda yordam beradigan mutaxassislardir.