UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

HR orzudagi AT jamoasini qurishga qanday yordam beradi

Ko‘pchilik AT sohasidagi HR faqat xodimlarni yollaydi deb o‘ylaydi. Aslida esa ular jamoa me’morlaridir.

20.08.2025

HR orzudagi AT jamoasini qurishga qanday yordam beradi

HR AT-loyihalar muvaffaqiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi:

  • Texnologik to‘plam va biznes vazifalarini tushunadi

Jamoa nimalar bilan shug‘ullanayotgani va qanday ko‘nikmalar kerakligini bilgan holda, HR nafaqat "texnik topshiriqqa mos keladigan", balki kompaniyani haqiqatan ham kuchaytiradigan mutaxassislarni tanlaydi.

  • O‘zaro hamkorlik madaniyatini shakllantiradi

AT sohasida dasturchilar, testlovchilar, dizaynerlar va menejerlarning "bir tilda" gaplashishi muhim - HR ana shu muhitni yaratadi.

  • Asosiy mutaxassislarni ushlab qoladi

Karyera rejalari, teskari aloqa va kompaniya hayotiga jalb qilish orqali - chunki kuchli dasturchini yo‘qotish uni topishdan ko‘ra qimmatroq.

  • Kompaniyani iste’dodlar uchun "magnit"ga aylantiradi

AT sohasidagi HR ish beruvchi brendini shakllantiradi - bu eng yaxshi mutaxassislar sizning kompaniyangizga kirishni xohlaydigan aynan o‘sha obrazdir.