Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston IT-parki hamkorligida tashkil etilgan “Offshore autsorsing Tour 2024” doirasida UZINFOCOM ofisiga 150 dan ortiq xorijlik mutaxassislar tashrif buyurishdi.
Mart 13

Tadbir xorijiy kompaniyalar e’tiborini O‘zbekistonda autsorsingning o‘sib borayotgan salohiyatiga jalb qilish va IT-sanoatning asosiy yetakchilari bilan hamkorlik qilish maqsadida tashkil etildi.
Yangi koʻrgazma zalida mehmonlarga MyGov, MyID biometrik identifikatsiya ekotizimi, oʻzbek tilidagi aqlli ovozli yordamchi Muxlisa, Digital Energy, Token.uz blokcheyn platformasi, HRM.ARGOS.UZ va boshqa yirik loyihalar taqdim etildi.