UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Xitoy elektronika savdo palatasi prezidenti Van Ning delegatsiya bilan birga UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda mehmonlarga Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov va Sanoatni raqamlashtirish bo‘yicha direktor Ravshan Maksumov hamrohlik qildi.

25.08.2025

Xitoy elektronika savdo palatasi prezidenti Van Ning delegatsiya bilan birga UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Mehmonlar sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalar, MyID platformasi va elektron hukumat uchun yaratilgan yechimlarga alohida e’tibor qaratdilar.

 

Shuningdek, delegatsiya MyID Palm biometrik qurilmasi hamda ta’lim maqsadlariga mo‘ljallangan Ibn Sino interaktiv stoli ishi bilan tanishdi.

Mehmonlar texnologik ishlanmalarning yuqori darajasini va ularni turli sohalarga joriy etish istiqbollarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.