Tibbiyotdagi sun'iy intellekt — shunchaki urf yoki moda emas, balki amaliy yechimdir.
U kasalliklarni ilk bosqichlarida aniqlashga koʻmaklashadi, dori-darmonlarni belgilashdagi xatoliklar xavfini kamaytiradi va shifokorlarning bemorlar bilan bevosita ishlashi uchun vaqtini tejaydi. Muvaffaqiyatning zamirida maʼlumotlar bilan ishlash, sinchkov klinik sinovlar va texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish yotadi.

Infografikada jamoamiz tomonidan sun'iy intellekt yordamida amalga oshirilayotgan sogʻliqni saqlash sohasidagi beshta loyihani koʻrsatib oʻtdik.
Har bir loyiha quyidagi izchil bosqichlardan oʻtadi:
- Maʼlumotlarni tayyorlash va tizimlashtirish;
- Modellarni yaratish, oʻrgatish va sinovdan oʻtkazish;
- Klinik tasdiqlash va tajriba tariqasida ishga tushirish;
- Tibbiy dasturiy taʼminotga integratsiya qilish;
- Yangi hududlarga tarqatish va faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
- Yechimlarni doimiy kuzatib borish va takomillashtirish.