DMED ilovasi orqali shifokorga qanday yozilish mumkin?
Ilovaga kirish uchun JSHSHIRingizni kiriting va MyID orqali identifikatsiyadan o‘ting. Kirganingizdan so‘ng hammasi juda oson – bor-yo‘g‘i 4 ta qadamni bajarish kerak:

1. Bosh sahifada "Qabulga yozilish" tugmasini bosing.
2. "+" belgisini bosing.
3. Kerakli shifokorni tanlang va "Yozilish" tugmasini bosing.
4. O‘zingizga qulay qabul vaqtini belgilang.
Tayyor! Hech narsani unutmasligingiz va jadvalingizni oson boshqarishingiz uchun DMED ilovasida tashrif haqidagi barcha ma’lumotlar saqlanib qoladi.
Ilovani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.