UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

2-6 oktyabr kunlari Nukusda sog‘liqni saqlash sohasida ilk bor HealthTech AI Xakatoni o‘tkaziladi. Unda yosh shifokorlar, IT-mutaxassislar va talabalar istiqbolli raqamli yechimlar yaratish bo‘yicha bellashadilar.

UZINFOCOM ushbu tadbir tashkilotchilaridan biri bo‘ldi.

02.10.2025

2-6 oktyabr kunlari Nukusda sog‘liqni saqlash sohasida ilk bor HealthTech AI Xakatoni o‘tkaziladi. Unda yosh shifokorlar, IT-mutaxassislar va talabalar istiqbolli raqamli yechimlar yaratish bo‘yicha bellashadilar.

Ishtirokchilar uchun mahorat darslari va mentorlik mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Eng sara loyihalar grantlar, akseleratsiya dasturlari va venchur mablag‘lari yordamida qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Mazkur loyiha 2026-yil dekabrga qadar butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi, yakuniy bosqich esa Toshkentda bo‘lib o‘tadi.