UZINFOCOM Europe va H3C o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Riga shahrida bo‘lib o‘tgan Bridging IT Europe & Uzbekistan forumi doirasida UZINFOCOM Europe va H3C kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuvga binoan, UZINFOCOM Europe va H3C xalqaro bozorlar uchun ilg‘or yechimlarni birgalikda ishlab chiqish va taqdim etish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Riga shahri bu yo‘nalishdagi faoliyat uchun asosiy markazga aylanadi.
H3C — korporativ toifadagi mahsulotlarning toʻliq portfelini taklif qiluvchi, dunyoda tan olingan raqamli yechimlar provayderi. Kompaniya bulutli texnologiyalar, Big Data, tarmoq yechimlari (marshrutizatorlar, kommutatorlar), xavfsizlik tizimlari va ma’lumotlar markazlari uchun kompleks yechimlar taqdim etishga ixtisoslashgan.
Bu hamkorlik H3C’ning yuqori samarali AT-infratuzilmalar sohasidagi chuqur tajribasini UZINFOCOM Europe’ning autsorsing va yirik AT-tizimlarni yaratishdagi salohiyati bilan birlashtiradi.