UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Oʻzbekiston va BAA sunʼiy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mamlakatda sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqda.

24.10.2025

Oʻzbekiston va BAA sunʼiy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda.

ILMA direktorining birinchi oʻrinbosari Vyacheslav Pak boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Dubayga tashrifi doirasida BAAning sunʼiy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofaviy ishlash uchun ilovalar boʻyicha davlat vaziri Omar Sulton Al Olama bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Delegatsiya tarkibida ishtirok etgan Yagona integrator UZINFOCOM amirlik tomonida yuqori qiziqish uygʻotgan sun'iy intellekt va raqamli davlat xizmatlari sohasidagi o‘z ishlanmalari — MyID Vision, MyID Palm, DMED va my.gov.uz'ni taqdim etdi.

Tomonlar sunʼiy intellektni davlat boshqaruviga joriy etish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va yangi texnologik loyihalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.