UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisida Koreyaning KOMSCO kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv O‘zbekistonda raqamli foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish uchun markazlashmagan infratuzilmani yaratish bo‘yicha ODA-loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

25.06.2024

UZINFOCOM ofisida Koreyaning KOMSCO kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

KOMSCO xodimlari Koreyaning milliy raqamli identifikatsiya tizimi (K-DID) haqida batafsil so‘zlab berishdi, shuningdek, UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan MyID biometrik identifikatsiya tizimi bilan tanishdilar.

 

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusida muzokaralar o‘tkazish va bu yo‘nalishda qo‘shma yechim yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi.