IT Park Uzbekistan – Serbiya yetakchisining e’tibor markazida.
Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida oliy martabali mehmon IT Park Uzbekistan’ga tashrif buyurdi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Serbiya delegatsiyasi vakillariga ushbu zamonaviy texnoparkda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlar, asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif davomida mehmonlarga IT Park rezidentlari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt, raqamli yechimlar va innovatsion texnologiyalar, kosmik tadqiqotlarga oid loyihalar taqdim etildi. Shuningdek, Serbiya delegatsiyasi mutaxassislarning ish jarayonini kuzatib, ularning g‘oyalari va tashabbuslari bilan tanishdi.
