UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Koreyaning KOMSCO delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

KOMSCO — Janubiy Koreyaning davlat korporatsiyasi bo‘lib, u banknotalar, tangalar va boshqa hukumat hujjatlarini chop etish hamda zarb qilish bilan shug‘ullanadi.

02.12.2025

Koreyaning KOMSCO delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

UZINFOCOMda kompaniya vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston raqamli identifikatsiya tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, Koreya Respublikasida qo‘llaniladigan Mobile ID tizimi bilan qiyosiy tahlil o‘tkazdilar.

Muzokaralar davomida hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari va Digital ID sohasidagi qo‘shma loyihalarning istiqbollari ko‘rib chiqildi.