Mo‘g‘uliston delegatsiyasi O‘zbekiston texnologiya sohasi bilan yaqindan tanishish maqsadida IT-Park majmuasiga tashrif buyurdi
Oʻzbekistonga davlat tashrifi chogʻida Moʻgʻuliston vakillari Oʻzbekiston kompaniyalari bilan uchrashib, salohiyatli hamkorlik va ikki mamlakat IT-sanoatini birgalikda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Mehmonlar kompaniyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarni yuqori baholadilar va qo‘shma IT tashabbuslarini yaratishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Avval xabar berganimizdek joriy yilning iyun oyida UZINFOCOM xodimlari Mo'g'ulistonga ham tashrif buyurib, bir qator samarali uchrashuvlar o'tkazdilar va o'zaro eksportga chiqish istiqbollarini muhokama qildilar. Ushbu tashriflar IT sohasini rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlik va tajriba almashish muhimligini ta'kidlaydi.