UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM va Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi: ishchi uchrashuv va tajriba almashish

Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi va UZINFOCOM vakillari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

19.12.2025

UZINFOCOM va Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi: ishchi uchrashuv va tajriba almashish

Muloqot davomida tomonlar raqamlashtirish sohasidagi dolzarb tendensiyalar va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

O‘zbekistonda amalga oshirilgan raqamli yechimlar, xususan, raqamli identifikatsiya tizimlari, elektron hujjat aylanishi, billing platformalari hamda axborot xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qirg‘iziston tomoni ushbu vositalarni joriy etishning amaliy tajribasi va ularni rivojlantirish yondashuvlari bilan tanishdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishga o‘zaro qiziqish mavjudligi qayd etildi. Keyingi qadamlardan biri sifatida tomonlar "yo‘l xaritasi"ni shakllantirish va raqamli rivojlanishning ayrim yo‘nalishlarida pilot loyihalarni ishga tushirish masalasini ko‘rib chiqmoqdalar.