.UZ DOMEN ZONASIGA 30 YIL - 2025 YIL NATIJALARI, INNOVATSIYALARI VA YUTUQLARI
2025 yil milliy .UZ domen zonasi uchun yubiley va strategik ahamiyatga ega yil bo‘lib, O‘zbekiston internet segmentining 30 yillik rivoji yakunlarini sarhisob qildi.

Yil davomida raqamli transformatsiya, axborot xavfsizligi va domen infratuzilmasini modernizatsiya qilish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshirildi.
Yilning asosiy natijalari qatorida domen zonasini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, IPv6 va DNSSEC’ni faol rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek yangilangan .UZ raqamli ekotizimining muhim elementi bo‘lgan Token.uz (https://token.uz/) blokcheyn-platformasining ishga tushirilishi va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi alohida o‘rin egallaydi.
2025 yil statistikasi
• .UZ domeniga — 30 yil
• .UZ zonasidagi domen nomlarining umumiy soni 144 000 taga yetdi
• 57 100 ta yangi domen
• O‘sish 6,2 % ni tashkil etdi
• 900 tadan ortiq NFT-sertifikatlar
• 600 tadan ortiq domen nomlari domen auksionida sotildi
• DNSSEC bilan himoyalangan domenlar soni 131 tadan 212 tagacha oshdi (62 % o‘sish)
• IPv6 — mavjud!
Yubiley 2025 yil .UZ domen zonasining barqarorligi va texnologik yetukligini tasdiqlab, uning keyingi innovatsion rivoji uchun yangi bosqichni boshlab berdi.
Batafsil natijalar va tahliliy sharh — saytimizdagi to‘liq maqolada.