UZINFOCOM ofisida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Civitta xalqaro konsalting tashkiloti
xodimlari, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xususiy sektor vakillari ishtirokida sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ushbu sohani raqamlashtirishning amalga oshirilayotgan bosqichlari, xususan, bemor ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Xalqaro ekspertlar va UZINFOCOM sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘yicha direktori Ruslan Sultonov UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilayotgan elektron sog‘liqni saqlash yadrosi bilan integratsiya va o‘zaro hamkorlik jarayonlariga xususiy sektorni jalb etish muhimligini ta’kidladi. Bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
