UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Muxlisa AI — xavfsizlik birinchi o‘rinda

Ovozli texnologiyalar haqida so‘z ketganda, eng muhim savol tug‘iladi: o‘z ovozingiz va shaxsiy ma’lumotlaringizni kimga ishonib topshirishingiz mumkin?

29.12.2025

Muxlisa AI — xavfsizlik birinchi o‘rinda

Muxlisa AI avvalboshdan xavfsizlik tamoyili asosida yaratilgan.
Tizim ishlov beradigan ma’lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi, reklama maqsadida foydalanilmaydi va shifrlanmagan holda saqlanmaydi.

Bilish muhim:
- Ma’lumotlar to‘liq himoyalangan muhitda qayta ishlanadi;
- Ovozli yozuvlardan ruxsatsiz takroran foydalanilmaydi;
- Tizim tashqi tarmoqqa ulanmagan holda, yopiq konturda ishlash imkoniyatiga ega;
- Platforma arxitekturasiga «privacy-first» (maxfiylik ustuvorligi) yondashuvi singdirilgan.

Ishonch — har qanday texnologiyaning poydevoridir.


Muxlisa AI foydalanuvchilar va tashkilotlar ovozli texnologiyalardan xotirjam, dadil va xavfsiz foydalanishlari uchun ishlab chiqilmoqda.