AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) vakillari UZINFOCOM tomonidan xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Surunkali jigar kasalliklari bo‘yicha yagona axborot tizimi bilan tanishdilar
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad virusli gepatitlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek virusli gepatitlarni yo‘q qilish bo‘yicha Milliy dastur doirasida joriy etilgan axborot tizimlarining amaliy qo‘llanilishi bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.

UZINFOCOM mutaxassislari tomonidan jigar surunkali kasalliklariga chalingan bemorlarning yagona reyestri, ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda monitoring qilish va tahliliy prognozlash imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida raqamli vositalarni yanada rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
