UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM vakili Ummonda boʻlib oʻtgan Islom olami sunʼiy intellekt Xartiyasining Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari uchun mintaqaviy seminarida soʻzga chiqdi.

Seminar Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ICESCO Islom tashkiloti hamda Ummon Texnologiya va amaliy fanlar universiteti tomonidan tashkil etildi. Unda 20 dan ortiq davlatdan 150 dan ortiq mehmonlar ishtirok etdi.

04.07.2024

UZINFOCOM vakili Ummonda boʻlib oʻtgan Islom olami sunʼiy intellekt Xartiyasining Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari uchun mintaqaviy seminarida soʻzga chiqdi.

🔹 Dastur doirasida interaktiv sessiyalar, muhokamalar va taqdimotlar, shuningdek, Islom olamida sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollari va axloqiy jihatlari bo‘yicha ishchi guruhlarda muhokamalar o‘tkazildi.

 

 

🔻UZINFOCOM va Raqamli texnologiyalar vazirligi xodimlari MyID tizimini taqdim etdilar, sunʼiy intellektdan foydalanish holatlarini oʻrganish va sunʼiy intellektdan foydalanishning axloqiy meʼyorlari va qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etishdi.