UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

IOI 2026 xalqaro ekspertlari Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga Xalqaro informatika olimpiadasining (IOI 2026) Xalqaro tashkiliy, ilmiy va texnik qo‘mitalari a’zolari - axborot texnologiyalari va raqamli ta’lim sohasidagi xorijiy ekspertlar tashrif buyurdi.

11.02.2026

IOI 2026 xalqaro ekspertlari Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurishdi

 IOI - Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiada - maktab o‘quvchilari uchun dasturlash sohasidagi eng nufuzli jahon tanlovlaridan biridir. 2026 yilda olimpiada 9-16 avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

 IOI o‘tkazilishi tarixida birinchi marta O‘zbekiston mezbon davlat sifatida ishtirok etmoqda

Mehmonlarga mamlakatning asosiy raqamli ta’lim tashabbuslari taqdim etildi. Tashrif davomida ishtirokchilar UZINFOCOM ko‘rgazma zalida ham bo‘lib, kompaniya faoliyati va davlat xizmatlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishdilar.

Jarayonlarni avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirish uchun qo‘llaniladigan amaldagi raqamli yechimlar va platformalar namoyish etildi.