FIDE vakillarining UZINFOCOMga tashrifi
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) boshqaruvi raisi o‘rinbosari Dana Reiznitsa boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar UZINFOCOMga ham tashrif buyurishdi, u yerda ularni Raqamli hukumat loyihalari bo‘yicha direktor Rashid Xudaybergenov qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) boshqaruv raisi o‘rinbosari Dana Reizniece-Ozola boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar UZINFOCOM kompaniyasida ham bo‘ldilar, u yerda ularni Raqamli hukumat loyihalari direktori Rashid Xudaybergenov qabul qildi.
|
Shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan iborat. Tomonlar 2026-yil kuzida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan tadbirning tashkiliy jihatlarini ko‘rib chiqdilar. |
![]() |
![]() |
Texnologik yechimlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, ishtirokchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash va kuzatib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar va bo‘lajak xalqaro tadbirga tayyorgarlik ko‘rish doirasidagi keyingi qadamlarni muhokama qildilar. |

