UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Osiyo taraqqiyot banki vakillarining Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrifi

Osiyo taraqqiyot banki (Asian Development Bank) - Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida barqaror rivojlanish, infratuzilma va iqtisodiy modernizatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro moliya tashkiloti.

25.02.2026

Osiyo taraqqiyot banki vakillarining Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrifi

Tashrif doirasida mehmonlar UZINFOCOMga tashrif buyurib, kompaniya faoliyati, uning infratuzilmasi va raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishdilar.

Ko‘rgazma zalida delegatsiyaga MyID identifikatsiya platformasi va DMED tizimi kabi raqamli yechimlar taqdim etildi.

         UZINFOCOM tashrifi

 

MyID va DMED taqdimoti         

Raqamli platformalar

Davlat tizimlariga muvaffaqiyatli joriy etilgan yagona sog‘liqni saqlash platformasi va biometrik identifikatsiya xizmatlariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Ekotizimni rivojlantirish

Uchrashuv davomida tomonlar raqamli ekotizimni rivojlantirish va zamonaviy texnologik yechimlarni qo‘llashni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Ishtirokchilar raqamli tashabbuslar sohasida kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
         Raqamli ekotizim muhokamasi

 

Delegatsiya umumiy surati