Latviya Respublikasi delegatsiyasi UZINFOCOMga tashrif buyurdi
UZINFOCOMga Latviya Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Yaunzems, Latviya transport vaziri Atis Shvinka, Latviya Iqtisodiyot vazirligi davlat kotibi Rayvis Bremshmits va Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Latviya tashqi iqtisodiy vakolatxonasi rahbari Georgiy Voyevoda bor.

UZINFOCOMga Latviya Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Elchi Girts Yaunzems, Transport vaziri Atis Shvinka va Iqtisodiyot vazirligi vakillari ishtirok etishdi.
|
Loyihalar bilan tanishuv Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOM faoliyati, raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va davlat axborot tizimlari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdilar. Ko‘rgazma zalida kompaniyaning asosiy ishlanmalari taqdim etildi:
|
![]() |
![]() |
Hamkorlik istiqbollari Tomonlar raqamli texnologiyalar va AKT sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va kelgusidagi hamkorlik salohiyatini ko‘rib chiqdilar. |
|
Yevropa yo'nalishi Delegatsiya, shuningdek, UZINFOCOM’ning Rigadagi Yevropa vakolatxonasi — UZINFOCOM EUROPE bilan potensial hamkorlikni muhokama qildi. Ushbu idora butun Yevropa Ittifoqi bo‘ylab sheriklik munosabatlari va loyihalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan. |
![]() |



