UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna – "Yagona Integrator UZINFOCOM" mas’uliyati cheklangan jamiyatining taʼlim va HR sohalarini raqamlashtirish boʻyicha direktori "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi (https://president.uz/ru/lists/view/8985) Farmoniga muvofiq raqamli texnologiyalar sohasida mehnat qilayotgan yetakchi xotin-qizlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

05.03.2026

Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna – "Yagona Integrator UZINFOCOM" mas’uliyati cheklangan jamiyatining taʼlim va HR sohalarini raqamlashtirish boʻyicha direktori "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

Kasbiy e'tirof

Uning ko‘p yillik samarali kasbiy faoliyati, yuqori darajadagi tajribasi va raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirishdagi faol ishtiroki axborot texnologiyalarini rivojlantirish, zamonaviy raqamli infratuzilmani shakllantirish va O‘zbekiston IT-xizmatlarining eksport salohiyatini kengaytirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.