UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UzSOC Axborot xavfsizligi monitoringi markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron platformasining “Vaziyatlar markazi” ochildi

Marosimda bir qator yuqori martabali amaldorlar, jumladan Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov, Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Xudayarov A., UZINFOCOM Yagona integrator bosh direktori Gimranov E. va boshqalar ishtirok etdi.

08.07.2024

UzSOC Axborot xavfsizligi monitoringi markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron platformasining “Vaziyatlar markazi” ochildi

UzSOC vazifalari - himoya ob'ektlarining axborot xavfsizligini muntazam monitoring qilish, davlat organlarining infratuzilmalarida kiber tahdidlarni aniqlash va ularga tezkor javob berish, shuningdek, kiberhodisalardan keladigan zararlarni oldini olishdir. Sog'liqni saqlash vazirligining elektron platformasi "Vaziyatlar markaz" o'z navbatida butun respublika bo'ylab tibbiyot muassasalarida joriy etilgan turli axborot tizimlaridan olinadigan ma'lumotlarni kuzatish va tahlil qilishni qo'llab-quvvatlashga va ma'lumotlarni xavfsiz saqlashni ta'minlashga qaratilgan.

 

 

Markazning ishlashi mamlakatimizda axborot xavfsizligini mustahkamlash va zamonaviy tahdidlarga tezkor javob berish imkonini beradi.