UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Raqamli audit va sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro anjuman ishtirokchilari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi

22–23-may kunlari Toshkentda Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

25.05.2026

Raqamli audit va sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro anjuman ishtirokchilari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi

Tadbir doirasida Yagona integrator ofisiga 30 ta mamlakatdan 50 dan ortiq xalqaro auditor va IT-mutaxassislardan iborat delegatsiya (jumladan, INTOSAI va ASOSAI vakillari) tashrif buyurdi.



Mehmonlar uchun UZINFOCOM ko‘rgazmalar zalida batafsil ekskursiya tashkil etildi. Unda kompaniyaning elektron hukumat va davlat sektorini raqamli transformatsiya qilish sohasidagi muhim infratuzilmaviy loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, xorijlik mutaxassislarga biometrik identifikatsiya (MyID Palm), yagona tibbiy axborot tizimi (DMED) sohasidagi yechimlar va boshqa texnologik ishlanmalar yaqqol namoyish etildi.



Tashrif doirasida delegatsiya O‘zbekistondagi raqamli islohotlarning amaliy natijalari hamda UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilib, joriy etilayotgan yuqori texnologiyali yechimlar bilan tanishdi.