UZINFOCOM yagona integratori ASOSAI yosh auditorlar xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyaning asosiy mavzusi audit jarayonlarini raqamlashtirish va sun'iy intellekt yordamida katta ma'lumotlarni tahlil qilishga qaratildi.
Konferensiya 22-may kuni Toshkentdagi Yoshlar ijod markazida bo'lib o'tdi.

Tadbir doirasida UZINFOCOM jamoasi o'zining ko'rgazma stendini taqdim etdi.
Konferensiya ishtirokchilari va mehmonlariga zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari hamda integratorning innovatsion yechimlarini yaqqol namoyish etgan "Yulduz" loyihasi stendning asosiy eksponatiga aylandi.

Bunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etish bizga ilg'or ishlanmalarimizni namoyish etish hamda xalqaro miqyosda raqamli transformatsiya sohasidagi mavqeimizni (o'rnimizni) mustahkamlash imkonini beradi.
