UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

World Financial Innovation Series (WFIS) tadbiri doirasida

UZINFOCOM vakillari FPT kompaniyasining Vyetnamdagi ofisiga tashrif buyurib, tajriba almashish va joriy etilayotgan AT-yechimlar bilan tanishishga bag‘ishlangan ishchi uchrashuvini o‘tkazdi.

26.05.2026

World Financial Innovation Series (WFIS) tadbiri doirasida

FPT – Vyetnamdagi eng yirik texnologik kompaniyalardan biri bo‘lib, AT-xizmatlar, raqamli transformatsiya, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va telekommunikatsiya sohalarida faoliyat yuritadi.

Uchrashuv davomida tomonlar raqamli servislarni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qildi, texnologik yechimlar borasida tajriba almashdi hamda kompaniyalarning amalga oshirilayotgan loyihalari va infratuzilmaviy imkoniyatlari bilan tanishdi.



Shuningdek, UZINFOCOM delegatsiyasi FPT kompaniyasining Chief Product Officer Tran Tuan-Anh’ga raqamli identifikatsiya, davlat xizmatlari va AT-infratuzilma sohalarida joriy etilayotgan loyiha va yechimlarni taqdim etdi.