UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Tojikiston Respublikasi vakillari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurishdi

UZINFOCOM ofisiga Tojikiston Respublikasi Prezidentining Ijro apparati hamda raqamli transformatsiyani rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

02.06.2026

Tojikiston Respublikasi vakillari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurishdi

Tashrif davomida mehmonlarga UZINFOCOM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan loyihalar va raqamli yechimlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, delegatsiya kompaniyaning ko‘rgazmalar zalida bo‘lib, raqamli identifikatsiya, elektron hukumat va davlat axborot tizimlari sohasidagi ishlanmalar bilan tanishdi.


 

Ushbu tashrif delegatsiyaga O‘zbekistonda raqamli islohotlarning amalga oshirilish natijalari hamda davlat xizmatlaridan foydalanish qulayligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik yechimlarni joriy etish tajribasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.