UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

.UZ domeni ma’muriyati ICANN86 Policy Forum’da ishtirok etdi

.UZ domeni ma’muriyati vakillari 2026-yil 8–11-iyun kunlari Ispaniyaning Sevilya shahrida bo‘lib o‘tgan 86-ICANN forumida ishtirok etdilar.

15.06.2026

.UZ domeni ma’muriyati ICANN86 Policy Forum’da ishtirok etdi

Forum internet hamjamiyatining vakillarini birlashtirib, internet tarmog‘ini rivojlantirish, domen industriyasi va internet boshqaruvi sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun maydon yaratdi.

Forum doirasida .UZ vakillari milliy yuqori darajali domenlar (ccTLD), internet infratuzilmasining barqarorligi va xavfsizligi, shuningdek, global internet boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan ishchi uchrashuvlar, mavzuli sessiyalar va professional muhokamalarda qatnashdilar.

Alohida e’tibor milliy domen operatorlarining xalqaro hamjamiyati bilan hamkorlikka qaratildi. ccNSO vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda hamkorlik istiqbollari, .UZ domeni ma’muriyatining ICANN tashabbuslaridagi ishtiroki hamda xalqaro professional hamjamiyatdagi faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.



Forumning muhim voqealaridan biri ICANN’ning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan ishlash bo‘yicha yangi menejeri Seher Sagiroglu bilan tanishuv bo‘ldi. Tomonlar hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari va kelgusidagi rejalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, ICANN vitse-prezidenti Chris Mondini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv professional aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Forumdagi ishtirok milliy domen zonalarini boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, professional aloqalarni kengaytirish hamda .UZ domen infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun muhim tajriba orttirish imkonini berdi.