UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM va Raqamli texnologiyalar vazirligining ofisiga Jahon banki delegatsiyasi tashrif buyurdi

Tashrif doirasida Jahon bankining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha vitse-prezidenti Sangbu Kim boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda raqamlashtirish va raqamli iqtisodiyotni keng ko‘lamda rivojlantirishga oid joriy loyihalar bilan tanishdi.

17.06.2026

UZINFOCOM va Raqamli texnologiyalar vazirligining ofisiga Jahon banki delegatsiyasi tashrif buyurdi

Mehmonlarga raqamli hukumat sohasidagi yechimlar taqdimot qilindi. O‘zbekistonning GovTech Maturity Index jahon reytingida 73 pog‘onaga ko‘tarilib, 9-o‘rinni egallashiga imkon bergan davlat xizmatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini raqamli transformatsiya qilish hamda mamlakatning xalqaro IT-reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash uchun yangi yechimlarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.