UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM va Navoiy xalqaro aeroporti hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzoladi

«UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MCHJ hamda «Navoiy xalqaro aeroporti» MCHJ o‘rtasida hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

18.06.2026

UZINFOCOM va Navoiy xalqaro aeroporti hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzoladi

Ushbu hujjat raqamli transformatsiya, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish vositalarini joriy etish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida tomonlar aeroportning raqamli transformatsiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish, biznes jarayonlarini optimallashtirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, logistika va yuk tashish operatsiyalarini avtomatlashtirish, shuningdek, aqlli boshqaruv tizimlari va tahliliy yechimlarni joriy etish bo‘yicha birgalikda ish olib borishni rejalashtirmoqda.

Memorandumni imzolash Navoiy xalqaro aeroportining raqamli ekotizimini rivojlantirish hamda uning faoliyati samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.