UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

my.gov.uz — raqamli davlat xizmatlari yo‘lida 13 yil!

Bugun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz o‘zining 13 yilligini nishonlamoqda.

01.07.2026

my.gov.uz — raqamli davlat xizmatlari yo‘lida 13 yil!

O‘tgan yillar davomida portal O‘zbekiston raqamli ekotizimining ajralmas qismiga aylanib, fuqarolar va biznesga davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish uchun qulay imkoniyat yaratib kelmoqda.

Millionlab foydalanuvchilar har kuni muhim hayotiy masalalarini davlat idoralariga bormasdan – tez, qulay va xavfsiz hal qilmoqda.

Hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib turli ma’lumotnomalar va ruxsatnomalarni olishgacha bo‘lgan yuzlab davlat xizmatlari bir joyda jamlangan.

my.gov.uz’ning rivojlanishi zamonaviy raqamli davlatni barpo etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, bunda davlat xizmatlari yanada ommabop, fuqarolarning davlat bilan o‘zaro munosabati esa osonroq va samaraliroq bo‘lib boradi.

Loyiha jamoasi, davlat tashkilotlari, hamkorlar va barcha foydalanuvchilarni portalning 13 yilligi bilan tabriklaymiz! O‘zbekiston aholisi farovonligi yo‘lida portalning yanada rivojlanishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati oshishi, yangi yutuqlar hamda raqamli tashabbuslarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tilab qolamiz.

my.gov.uz — millionlab insonlar ishonchini qozongan raqamli davlat xizmatlari.