UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

O‘zbekiston mustaqillikning 35 yili davomida ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

Davlatchilikning shakllanishi bilan birga texnologiyalar ham rivojlanib, asta-sekin innovatsiyadan kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi.

14.08.2026

O‘zbekiston mustaqillikning 35 yili davomida ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

Bugungi kunda raqamli yechimlar fuqarolarga bir necha tugma bosish orqali davlat xizmatlaridan foydalanish, biznesni rivojlantirish, ta’lim olish va kundalik vazifalarni samarali hal etish imkonini bermoqda: 16 milliondan ortiq foydalanuvchi 890 dan ziyod elektron davlat xizmati ko‘rsatiladigan my.gov.uz portalidan foydalanib kelmoqda.

Mamlakatning raqamli transformatsiyasi uzluksiz davom etmoqda. Davlat idoralari faoliyatini shaffofroq, fuqarolar hayotini esa qulayroq qiladigan innovatsion yechimlar yaratilmoqda.

Yagona integrator UZINFOCOM davlat tuzilmalari va texnologik hamkorlar bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar uchun ishonchli raqamli ekotizimni shakllantirib, ushbu o‘zgarishlarga poydevor bo‘lmoqda.

Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!