ICT Week 2026 ga juda oz vaqt qoldi!
Bir oydan so‘ng poytaxtimizda IT-hamjamiyat uchun yilning eng yirik tadbirlaridan biri — ICT Week 2026 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjuman davlat idoralari, biznes vakillari, yetakchi texnologiya kompaniyalari va soha ekspertlarini bir maydonga jamlaydi.

UZINFOCOM mazkur nufuzli haftalikda faol ishtirok etib, A2 stendida o‘zining eng muhim loyihalari hamda ilg‘or raqamli yechimlarini taqdim etadi.
Barchangizni stendimizga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan loyihalarimiz bilan yaqindan tanishishga hamda raqamli rivojlanish sohasidagi innovatsion yechimlarimiz haqida batafsil ma’lumot olishga taklif qilamiz!