UZINFOCOM «Silk Road Finance & Technology Forum»da
UZINFOCOM moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish hamda moliya sektorining raqamli transformatsiyasiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro maydon — Silk Road Finance & Technology Forumda ishtirok etmoqda.

Forum davlat idoralari va soha regulyatorlari, moliya institutlari, yetakchi texnologiya kompaniyalari, investorlar hamda tadbirkorlarni bir maydonga jamlaydi. Tadbirning asosiy mavzulari qatoridan fintex ekotizimini rivojlantirish, transchegaraviy to‘lovlar, ochiq banking (Open Banking), raqamli aktivlar, sun’iy intellekt, investitsiyalar hamda ilg‘or texnologik yechimlar o‘rin olgan.

Forum doirasidagi ko‘rgazma maydonida UZINFOCOM raqamli identifikatsiya va korporativ boshqaruvni raqamlashtirish yo‘nalishidagi o‘z ishlanmalarini namoyish etmoqda. Jumladan, MyID, MyID Palm hamda Yulduz tizimlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etilmoqda.
Barchangizni CAEx markazida bo‘lib o‘tayotgan Silk Road Finance & Technology Forum ko‘rgazmasidagi stendimizga tashrif buyurishga taklif qilamiz!
