UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

“Silk Road Finance & Technology Forum 2026” o‘z ishini yakunladi

Toshkent shahrida ilk bor dunyoning 74 ta mamlakatidan 6 000 dan ortiq ishtirokchini — moliya sektori, davlat idoralari, IT-kompaniyalar va fintex sanoati yetakchilarini birlashtirgan “The Silk Road Finance & Technology Forum 2026” xalqaro forumi o‘z ishini yakunladi.

26.08.2026

“Silk Road Finance & Technology Forum 2026” o‘z ishini yakunladi

Forum doirasida moliya va texnologik yechimlarni rivojlantirish, raqamli moliya, sun’iy intellekt, yangi moliyaviy vositalar hamda IT-kompaniyalarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

UZINFOCOM forumda faol ishtirok etib, raqamli identifikatsiya va korporativ boshqaruvni raqamlashtirish sohasidagi o‘z yechimlarini namoyish etdi. Ushbu nufuzli maydon kompaniyamiz uchun ilg‘or texnologik ishlanmalarni taqdim etish, xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish hamda bugungi kunda turli sohalarda, xususan, moliya sektorida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan mahsulotlarni tanishtirish uchun samarali imkoniyat bo‘ldi.