UZINFOCOM mutaxassislari sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.
Anjumanda islohotlar natijalari, O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasini rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

UZINFOCOM R&D bo‘limi boshlig‘i Tohirjon Yusupov davlat tibbiy sug‘urtasi tizimida ma’lumotlarni tekshirish va moliyaviy audit o‘tkazishda raqamli vositalardan foydalanish yondashuvlari, UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilayotgan Raqamli sog‘liqni saqlash platformasining (DHP) o‘rni hamda uni kelgusida kengaytirish masalalari xususida so‘z yuritdi.

Ishtirokchilar safida JSST, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, UNICEF, JICA ekspertlari hamda Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Hindiston va Yaponiya mutaxassislari ham bor edi.
