UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

ICT Week 2026 ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi!

Toshkentda ICT Week 2026 boshlandi, uning doirasida IT sohasi, biznes va davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida raqamli yechimlar ko‘rgazmasi, ishbilarmonlik uchrashuvlari, taqdimotlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilmoqda.

22.09.2026

ICT Week 2026 ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi!

UZINFOCOM A3 stendida o‘zining asosiy loyihalarini taqdim etmoqda. Mehmonlar kompaniyaning raqamli yechimlarini ko‘rishlari, ularning funksional imkoniyatlari va qo‘llanilish sohalari haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

Hafta davomida stendda UZINFOCOMning raqamli davlat xizmatlari va identifikatsiyadan tortib, biznes va tashkilotlar uchun yechimlargacha bo‘lgan turli yo‘nalishlardagi ishlanmalari namoyish etiladi.