UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOMning raqamli yechimlari ICT Week’da

Ko‘rgazmaning birinchi kuni UZINFOCOM stendida taqdimotlar, namoyishlar va tashrif buyuruvchilar bilan muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

22.09.2026

UZINFOCOMning raqamli yechimlari ICT Week’da

ICT Week mehmonlari kompaniyaning sun’iy intellekt va raqamli sog‘liqni saqlashdan tortib, biometriya, davlat va korporativ xizmatlarigacha bo‘lgan turli yo‘nalishlardagi yechimlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.



Stendda MyID Vision, Palm Pay, DMED, Notetaker AI, .UZ, E-TOURISM, UGAZ va boshqalar taqdim etildi. Tashrif buyuruvchilarga mahsulotlarning imkoniyatlari namoyish etildi va texnologiyalarning real xizmatlarda qanday qo‘llanilishi haqida so‘zlab berildi.

Davlat va tijorat jarayonlarini rivojlantirishda allaqachon qo‘llanilayotgan AI-yechimlar, raqamli xizmatlar va texnologiyalarga alohida e’tibor qaratildi.

ICT Week Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasi 25-sentabrgacha davom etadi.