UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM National AI xakatonida

UZINFOCOM vakillari National AI Hackathon musobaqasida ishtirok etib, musobaqa yakunlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etishdi.

22.09.2026

UZINFOCOM National AI xakatonida

Xakatonning Xorazm bosqichi 17-20-sentyabr kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, ta’lim va tadbirkorlik sohalarida sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni ishlab chiqdilar.

UZINFOCOM vakillari o‘z yechimlarini taqdim etib, amaliy muammolarni hal qilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni namoyish etdilar.

Hamkasblarimizni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz va kasbiy faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!