ICT Week Uzbekistan 2026
ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining ikkinchi kuni o‘z ishini boshladi.

UZINFOCOM stendida sun’iy intellekt, raqamli sog‘liqni saqlash, biometriya va davlat xizmatlari sohalaridagi raqamli yechimlar taqdimoti davom etmoqda.

Mehmonlar loyihalarimiz bilan tanishishlari, jamoamiz bilan suhbatlashishlari va taqdim etilgan ishlanmalar haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.
Barchangizni CAEx’dagi A3 stendiga tashrif buyurishga taklif etamiz.
