UZINFOCOM va Elm Company hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Elm Company - Saudiya Arabistonining davlat va xususiy sektorlar uchun raqamli va IT-yechimlarni taqdim etuvchi texnologik kompaniyasi.

ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida UZINFOCOM va Saudiyaning Elm Company kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar raqamli texnologiyalar va IT-yechimlar sohasida potensial hamkorlik masalalarini hamda o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
